Madrid meri shaharni yozda CHL finalini qabul qilishga tayyorligini bildirdi

Alisher
9 iyun 2020, 17:50
Madrid meri Xose Luis Martines Almeyda Ispaniya poytaxtining Chempionlar Ligasini finalini o'tkazish borasida muzokaralar olib borayotganini aytdi.

Agar tashkilotchilar finalni koronavirus pandemiyasi sabab Istanbuldan boshqa joyda o'tkazishga qaror qilishsa, unda Madrid varianti ko'rib chiqilishi mumkin. Bu katta ehtimol bilan "Atletiko"ning uy stadioni "Vanda Metropolitano" bo'lishi mumkin. Qizig'i, o'tgan yilgi final ham aynan shu stadionda o'tkazilgan edi.

Da'vogarlar orasida Lissabon shahri ham bor.

"Men chora-tadbirlar o'tkazilayotganini bilaman va shuni aytmoqchimanki, shahar hokimiyati finalning Madridda o'tkazilishini qo'llab-quvvatlaydi", - deydi Almeyda.

Almeyda "Atletiko" muxlisi hisoblanadi. U oldinroq jamoaning joriy mavsum CHLni olishiga ishonchi komillini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca