Madrid meri: “Atletiko” CHLda g'alaba qozonadi, chunki bu gal finalni Klattenburg boshqarmaydi”

Eldor Akmurzayev
24 may 2020, 21:10
“Atletiko”ga muxlislik qiluvchi Ispaniya poytaxti meri Xose Luis Martines-Almeydaning so'zlariga ko'ra, bu safar referi Mark Klattenburg sevimli jamoasining Chempionlar Ligasida g'olib chiqishiga to'sqinlik qilolmaydi.

Klattenburg 2016 yil Chempionlar Ligasining hal qiluvchi bahsi “Real” – “Atletiko” bahsida (1:1, pen. 5:3) ishlagan va keyinchalik “Real” o'sha o'yin ofsayddan gol urganini tan olgan.

“Joriy CHL tituli “Atletiko”da qoladi. Biz amaldagi chempionni musobaqadan chiqarib yubordik. Keyingi bosqichga yo'l olgan yagona jamoa – “Atletiko” (shuningdek, “Atalanta”, PSJ va “Leyptsig” ham).

Musobaqada zafar quchish yo'lidagi uchinchi urinishimiz biz uchun omad olib keladi. Bu gal “Real” va “Atletiko” o'rtasidagi finalni Klattenburg boshqarmaydi”, deydi shahar meri.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca