Lyuka Ernandes qamoq jazosini olishi mumkin
13 okt 2021 23:52
Yangiliklar
Lyuka Ernandes qamoq jazosini olishi mumkin
"Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandesning qonun bilan muammolari bor.
AS xabariga ko'ra, Ernandes sud taqiqlarini buzishda ayblanmoqda va 19 oktyabrga qadar Madridga etib kelishi va jazoni o'tash uchun joyni aniqlab olishi kerak.
Futbolchi advokat yo'llab, ushbu ish bilan ishlamoqda. Agarda ularning harakatlari zoe ketsa, Ernandes kamida bir yilni panjara ortida o'tkazishga majbur bo'ladi.
2017 yili Ernandes qiz o'rtog'iga hujum qilganlikda ayblangandi. O'shanda sud futbolchining o'sha qizga yaqinlashmasligi borasida qaror chiqargandi. Ammo futbolchi bunga rioya qilmagan.
Fikrlar