Lyuka Ernandes: "Har yili sovrinlar yutishni istayman"
26 iyu 2022 00:50
Yangiliklar
Lyuka Ernandes: "Har yili sovrinlar yutishni istayman"
"Bavariya" himoyachisi Lyuka Ernandes sovrinlarga chanqoqligini aytib o'tdi.
- Faoliyatingizda nimalarni asosiy o'ringa qo'yasiz?
- Sovrinlar! Har yili ko'proq titullar yutishni istayman, bu mening motivaciyam. ECHLda doimo asosiy sovrinni maqsad qilamiz, ammo o'tgan mavsumda "Vilyarreal"ga qarshi o'yinlar bizga qattiq zarba bo'ldi. Bizga Bundesligadagi muvaffaqiyatlar kam. Murabbiydan tortib, futbolchilar ham shunday deb o'ylaydi.
- Nagelsmanning birinchi mavsumidan ko'ra, ikkinchisi muvaffaqiyatliroq bo'larmikin?
- Fikrimcha, barcha poziciyalardagi futbolchilarning darajasi bo'yicha biz yuqori o'rinlardamiz. Endi biz buni isbotlashimiz kerak. Bahonalar ketmaydi, biz sovrinlar yutishni istaymiz!, - dedi Ernandes.
Fikrlar