Lyuk de Yong tizzasidagi jarohat sabab Evro-2020ning so'ngigacha safdan chiqdi
23 iyu 2021 17:38
Yangiliklar
Lyuk de Yong tizzasidagi jarohat sabab Evro-2020ning so'ngigacha safdan chiqdi
Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Lyuk de Yong jarohat sabab Evro-2020da ortiq o'ynamaydi.
"Sevilya"ning 30 yoshli forvardi mashg'ulotda tizzasidan jarohat oldi va endi u mamlakat terma jamoasi yig'inini tark etadi.
De Yong Evropa chempionatida ikki bor zaxiradan maydonga tushdi va maydonda 12 daqiqa harakat qildi.
Niderlandiya termasi yakshanba kuni Budapeshtda 1/8 final o'yinini o'tkazadi.
Fikrlar