Lutfulla To'raev: "Ikkinchi bo'limda o'zimiz istagan futbolni namoyish etdik"
19 sen 2022 16:15
Yangiliklar
Lutfulla To'raev: "Ikkinchi bo'limda o'zimiz istagan futbolni namoyish etdik"
"Mazkur bellashuv qiyin bo'lishini oldindan bilardik. SHundan kelib chiqib, bahsga astoydil tayyorgarlik ko'rgandik. Birinchi bo'lim biroz qiyin kechdi. Tanaffusdan keyin o'ylagan rejalarimiz amalga oshdi. O'zimiz istagan futbolni namoyish qildik.
"Dinamo" bilan bellashuvda jamoamiz murabiylar shtabi bergan ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik. Bu esa g'alaba qozonishimizga sabab bo'ldi. Jamoamizning barcha futbolchilarida g'alabaga bo'lgan ishtiyoq yuqori edi va yigitlar oxirigacha kurashishdi.
Darhaqiqat, mavsumni ko'ngildagidek boshlay olmadik. O'ylashimcha, "Neftchi"ni oldingi omadsizligida jamoani yangi tuzilgani va futbolchilar bir-birini tushunib ketishlariga vaqt kerak bo'lgani sabab deya olaman.
Superligada qolish uchun biz oldimizda turgan qolgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak. Biz futbolchilar muxlislarimizni quvontirish uchun ham har bir bahsda ijobiy natija qayd etish uchun maydonga tushamiz.
To'g'risini aytsam, birinchi davrani jarohat bilan o'tkazdim. Oyog'im singani sababli jamoaga yordam bera olmadim. Xudoga shukrki, hozirda hammasi joyida va o'zimni yaxshi his qilyapman", - dedi Lutfulla To'raev.
Fikrlar