Lunyov "Bayer" bilan shartnoma imzolaydi
08 iyu 2021 17:38
Yangiliklar
Lunyov "Bayer" bilan shartnoma imzolaydi
"Zenit" sobiq darvozaboni Andrey Lunyov "Bayer" bilan mehnat shartnomasi imzolaydi.
28 yoshli futbolchining Leverkuzen klubi bilan tuzgan shartnomasi ikki mavsumga mo'ljallangan.
"Zenit" bilan shartnomasi yakunlangan futbolchi ayni damda erkin agent maqomida. U Piter klubi tarkibida 118ta o'yin o'tkazgan.
Eslatib o'tamiz, "Bayer" o'tgan mavsum Germaniya chempionatini 6-o'rinda yakunladi.
Fikrlar