Lukas Ernandes muvaffaqiyatli operaciya qilindi

28 mar 2019, 19:49
“Atletiko” va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Lukas Ernandes jarrohlik stoliga yotqizildi.

“Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tdi. U Myunxenda tiklanish amaliyotini o'tkazadi”, deya Kovachning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda “Bavariya” klubi rasmiy tvitteri.

Ernandes so'nggi marta 9 fevral kuni La Liga doirasida “Real”ga qarshi bahsda maydonga tushgandi. Jarohati bois himoyachi mavsum so'nggiga qadar safdan chiqqandi.

Yangi mavsumni Ernandes “Bavariya”da boshlaydi. 23 yoshli futbolchi 1 iyuldan boshlab Myunxen super klubi tarkibida maydonga tushadi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com