Lukaku: “Afsusdaman”
05 jan 2022 09:20
Yangiliklar
Lukaku: “Afsusdaman”
“CHelsi” hujumchisi Romelu Lukaku jamoadagi o'rnidan noroziligini bildirib, bergan intervyusidan afsusdaligini aytdi va klub muxlislaridan uzr so'radi.
“Aziz muxlislar, intervyu tufayli sizlarni xafa qilganimdan afsusdaman. Bolaligimdan mazkur klubga bog'langanimni bilasiz va xafa bo'lganingizni tushunaman. Endi esa sizlarning ishonchingizni qaytarish uchun bor kuchimni ishga solishim lozim va klubga sodiqligimni isbotlash uchun hamma narsaga tayyorman. Mashg'ulotlarda mehnat qilmoqdaman, o'yinlarda bor kuchimni ishga solyapman.
Murabbiy va jamoadoshlarimdan ham kechirim so'rayman, chunki gaplarim noo'rin vaqtda berilgan deb hisoblayman. Bu voqeani o'tmishda qoldirib, g'alaba qozonishimiz uchun hamma narsani qilishni istardim va sizlarni o'z o'yinim bilan baxtiyor qilishni xohlayman”, deydi belgiyalik.
Fikrlar