Luis Suares: "Uch barobar ko'p maosh taklif qilishsa ham "Barselona"dan ketmayman"

Aziz Tukhtamuradov
3 dek 2015, 21:13
"Barselona" futbolchisi Luis Suares o'zini boshqa jamoa tarkibida tasavvur qila olmas ekan.

"Uch barobar ko'p maosh taklif qilishsa ham "Barsa"dan ketmayman. Buning iloji yo'q. Jamoaga o'tishni ko'p kutganman. Doimo "Barselona" safida o'ynashni orzu qilardim. Shuningdek, Messini ham boshqa jamoaga o'tib ketishini tasavvur qila olmayman. Buning ham iloji yo'q. Messi tug'ma istedod sohibi. U faqat o'ng oyog'i bilan ham zarba berishni o'rganib olishi kerak", - deydi urugvaylik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: As