Lui van Gal: "Mbappe taktik tomonlama top-futbolchi emas"
09 iyu 2021 22:17
Yangiliklar
Lui van Gal: "Mbappe taktik tomonlama top-futbolchi emas"
"Manchester Yunayted" va "Barselona" kabi jamoalarning sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal PSJ forvardlari Neymar va Kilian Mbappelarning zaif tomonlari haqida gapirdi.
"Mbappe texnik va jismoniy jihatdan ajoyib futbolchi. Biroq taktik tomonlama top-darajada emas.
Kilian to'pni jamoadoshlariga oshirmasdan boshqalarni aldab yurib, to'pni ko'p yo'qotgan vaziyatlar bo'ladi. Xo'sh, jamoaviy futbolchilar bu erda nima qilgan bo'lardi? O'zimga doim shu savolni beraman.
Futbolchi doimo o'z statusini himoya qilishi va atrofidagilarni boshqara olishi kerak. Kamtarlik va jamoadoshlarga ham bo'ysunish darkor.
Neymar? U ham jamoaviy futbolchi emas. Menga jamoa bilan qovusha oladigan va boshqalarni boshqaradigan yulduzlar yoqadi", - dedi van Gal.
Fikrlar