"Liverpul" Isak uchun rekord summa tayyorlamoqda
28 iyu 12:48
Yangiliklar


"Liverpul" Isak uchun rekord summa tayyorlamoqda
"Liverpul" Luis Diasni sotishdan tushgan mablag'ni hujumni kuchaytirishga sarflamoqchi. Goal.com xabariga ko'ra, klubning ustuvor vazifasi "Nyukasl"ning 25 yoshli hujumchisi Aleksander Isak bo'lib qolmoqda. Shveciyalik forvard Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tish variantini allaqachon rad etgan va faqat "Enfild"da o'ynashga etibor qaratgan.
Bosh murabbiy Arne Slot Isakni hujum chizig'idagi asosiy o'yinchi sifatida ko'rmoqda. Taniqli insayder Fabricio Romanoning takidlashicha, "Liverpul" rekord taklif tayyorlamoqda va Ben Jeykobsga ko'ra, klub "Nyukasl"dan ijobiy signal olsagina harakatga tushadi.
Malumotlarga ko'ra, futbolchining o'zi allaqachon yozda "Sent-Jeyms Park"ni tark etish istagini bildirgan. Hozirgacha Ugo Ekitike transferi bilan birga 300 mln funt sarflaganiga qaramay, "Liverpul" bozorda faolligicha qolmoqda. Diasning ketishi, shuningdek, Darvin Nunesning sotilishi ehtimoli yangi hujumchiga ehtiyojni oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar