"Lokomotiv" vakillari - URadio mehmoni
24 iyu 2016 17:23
Yangiliklar
"Lokomotiv" vakillari - URadio mehmoni
Radio boshlovchi Nozimjon Daliboev bilan bo'lgan suhbat chog'ida klubimiz vakillari bir qator savollarga javob berib o'tishdi. Xususan bosh murabbiy Andrey Miklyaev bu mavsum "Lokomotiv" oldiga yuqori maqsadlar qo'yilganini tilga olib, jamoa o'zi ishtirok etayotgan barcha musobaqalarda g'olib chiqish niyatida ekanligini aytib o'tdi.
Timur Kapadze esa jamoa sardori bo'lish naqadar masuliyatli vazifa ekanligini takidlab, bolalar futboli borasida ham o'z fikrlarini bildirdi. SHuningdek, Kapadze faoliyatini yakunlagach, murabbiylik sohasida ishlash niyati borligini aytdi.
Jamoamiz legioneri Kaxi Maxaradze esa Gruziya va O'zbekiston futboli orasidagi farqlarga to'xtaldi. Maxaradze shuningdek, "Lokomotiv"da to'p surayotganidan mamnun ekanligini bildirdi. Radio eshittirish yakuniga etgach, murabbiy va futbolchilarimiz URadio xodimlari bilan esdalik suratga tushishdi.
Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" PFK vakillari bilan bo'lgan muloqotni uradio.uz saytida tinglashingiz mumkin.
Fikrlar