So’nggi yangiliklar

20:47"Милан" ПСЖга таклиф билан чиқди  0 20:16Россия термаси учун яна бир рақиб топилди  1 19:54Пеп Гвардиола: "Таслим бўлмайман"  1 19:36Флик ва Деку Леау трансферига ишонишмаяпти, аммо Лапорта уни сотиб олмоқчи  0 19:06Суперлигага қайтган "Бухоро" Қулматовни ўз сафига қўшиб олди  2 18:55"Барселона" Ольмо ишини ҳал қилиш учун ЛаЛигага VIP жойлар ҳужжатини юборди  1 18:36Шуҳрат Муҳаммадиев "Насаф" билан янги битим имзолади  0 18:02Катта эҳтимол билан АПЛни "Ливерпуль" ютади  6 17:15"Барселона" яна Ольмога ваъда беришни бошлади  0 16:35"Реал" клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча пул ишлаб олиши мумкин?  9 16:14"Ланс" етакчисини 15 млн еврога сотмоқда  3 15:58Балотелли январь ойидаёқ "Женоа"ни тарк этиши мумкин  2 15:44Винисиус "Реал"дан Мбаппе даражасидаги маош талаб қилмоқда  7 15:00Championat.asia ходимлари томонидан йил давомида эълон қилинган мақолалар  5 14:30"Ливерпуль" ҳимоячиси "Реал"га ўтмоқчи  5

“Lokomotiv” shuncha futbolchini nima qiladi? Yangiliklar

“Lokomotiv” shuncha futbolchini nima qiladi?

Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi oraliq tanaffusga peshqadam sifatida yo'l oldi.
“Temiryo'lchilar” birinchi davrada 33 ochko jamg'arishdi. Ikkinchi o'rinda borayotgan “Paxtakor” ham shuncha to'pladi. Jamoalar g'alaba va durang bo'yicha bir xil ko'rsatkich qayd etishdi. Faqat to'plar nisbatiga ko'ra “Lokomotiv” birinchi davra peshqadami bo'ldi. “Lokomotiv” “Nasaf”ni 7 ochkoga, “Bunyodkor”ni esa 8 ochkoga ortda qoldirdi. Bundan ko'rinib turibdiki, chempionlik uchun kurashda “Nasaf” va “Bunyodkor”ga etakchilarni quvib o'tish oson bo'lmaydi.

Birinchi davra yakuniga etganidan sng “temiryo'lchilar” darhol selekciya ishlarini boshlab yuborishdi. Aleksandr Geynrix bilan Artyom Filiposyan birinchilardan bo'lib tarkibga qo'shildi. Keyin SHavkat Mullajonov, Sahob Jo'raev, Dilshod Rahmatullaev, Alisher SHog'ulomov kabi o'yinchilar ham “Loko”ga o'tishdi. Mish-mishlarga ko'ra, yaqin orada Sanjar Quvvatov bilan Oleg Zoteev ham “Loko”ga o'tarkan.

Birinchi davrada o'yini qovushmagan Vyacheslav SHevchenko, Andrey Kojokar, Dilshod Jabborov, Evgeniy Gogol kabi futbolchilarga javob berib yuborildi. SHuningdek, ikkinchi darvozabon Temur Jo'raev ham klubni tark etdi. Albatta, “Lokomotiv”ning maqsadi malum - chempionlik! SHu bois jamoa o'z safini yaxshi futbolchilar bilan to'ldirib olishga harakat qilyapti. Lekin chempion bo'lish uchun hamma yaxshilarni yig'ib olish shartmi degan savol tug'iladi. Futbolimizda o'rtamiyona tarkib bilan ham astoydil ishlab chempion bo'lishning iloji yo'qmi?

Avvalo kelgan o'yinchilarga etibor qarataylik. Geynrix jamoani tark etgan SHevchenkoning o'rniga taklif etildi. Agar Mirjalol Qosimov Osiyo o'yinlariga “Lokomotiv”dan Sardor Rahmonov, Bobur Yo'ldoshev hamda Salim Mustafoev olib ketadigan bo'lsa, unda himoya chizig'ida muammolar yuzaga keldi. SHuning uchun ham Abramov keyinchalik muammo bo'lmasin deb SHavkat Mullajonov bilan Artyom Filiposyanni, shuningdek, Sahob Jo'raevni chaqirdi. Ko'ryapsizmi, murabbiy kelajakni ko'ra bilyapti.

Dilshod Rahmatullaev bilan Alisher SHog'ulomov klub bilan xayrlashgan Andrey Kojokar va Dilshod Jabborov o'rniga qo'shib olindi ham deylik. Agar shunday fikrlasak, hammasi to'g'ri ishlagan reja bo'lib chiqadi. CHunki kelganlar ketganlar o'rnini mos ravishda to'ldirishadi, hech kim ortiqcha bo'lib qolmaydi. Faqat muammo shundaki, bizda chempion bo'lish uchun qattiq mehnat qilishning zarurati bo'lmay qoldi. CHempion bo'lishning recepti juda oson bo'lib qoldi. Bizda chempion bo'lish avval chempion bo'lgan futbolchilarni bir joyga jamlab, yaxshi jamoa tuzib shu orqali maqsadga erishish bo'lib qoldi.

Aytaylik, “Lokomotiv” bu yil chempionlikni qo'lga kiritsa, klub ishchi-xodimlari va rahbariyat bundan xursand bo'lishi aniq. CHunki jamoa o'z tarixida ilk bor shohsupaga ko'tariladi. Lekin futbolchilar haqida ham shunday deya olamizmi? “Loko” tarkibida o'z vaqtida chempion bo'lgan futbolchilar etarlicha topiladi: Ignatiy Nesterov, Lutfulla To'raev, Viktor Karpenko, Jasur Hasanov (katta), Sahob Jo'raev, Aleksandr Geynrix, Ilhom Suyunov, Sadriddin Abdullaev. SHuningdek, chempion bo'lmagan futbolchilar ham bor: Islom To'xtaxo'jaev, Ibrohim Rahimov, Ivan Nagaev, Fozil Musaev, Farhod Tojiev, Jasur Hasanov (kichik) va hokazo. Va eng asosiysi jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov ham murabbiylik faoliyatida hali O'zbekiston chempioni bo'lmagan.

“Lokomotiv” o'z safini yurtimizning ko'zga ko'ringan o'yinchilari bilan to'ldirib oldi. Jamoada kadrlar bo'yicha muammo yo'q hisobi. Bir futbolchi maydonga tushmasa, boshqasi o'rnini bilintirmay o'ynab ketaveradi. Jamoa birinchi davrada 22 futbolchi xizmatidan foydalandi. Taqqoslash uchun “Paxtakor” 16, “Nasaf” 20 nafar futbolchini o'ynatdi. “Bunyodkor”da ham 22 futbolchi maydonga tushdi, lekin “Bunyodkor” birinchi davrani uch nafar murabbiy qo'l ostida o'tkazgani uchun tarkib aralashib ketdi. CHempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv” go'yoki oson yo'lni tanlagandek. “Puling bo'lsa yaxshi o'yinchilarni olib kelasan va shu bilan chempionsan”. Bu bizda allaqachon sinalgan usul, shunday ekan, bunday yo'l bilan sovrin yutish muxlislarga qiziq tuyularmikin? Albatta, “Lokomotiv”ni hozirdan chempion deyish qiyin, axir oldinda butun boshli ikkinchi davra turibdi. Lekin siz shunday tarkib bilan jamoaning qaerdadir qoqilishiga ishonasizmi?

Futbolda hamma maqsad sari o'z imkoniyati darajasida intiladi. Kimlar katta pulga qimmat o'yinchilarni sotib olish orqali, kimlar o'zidan futbolchi chiqarish orqali, kimdir kuchli murabbiyni olib keladi, yana kimdir oddiy futbolchilardan kurashuvchan jamoa tuzishga harakat qiladi. Bu borada hech kimni ayblay olmaysan. Jahon futbolida ham vaziyat shunday. Lekin futbolimizning hozirgi bosqichida maqsad faqat sovrin yutish vasvasasi bo'lib qolmasligi kerak. Biz uchun yaxshi kadrlarning etishib chiqishi sovrinlardan ham muhim. CHunki o'zbek futbolida pul shunday narsaki, bugun bor, ertaga yo'q bo'lib qolishi mumkin. Bu yil kim chempion bo'lishidan qatiy nazar, butun jamoa chempionlikni nishonlayotgan bir paytda futbolchilar orasida o'sha klubning hech bo'lmasa ikki nafar o'z tarbiyalanuvchisi bo'lsa, bundan judayam xursand bo'lardik. 


Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика