"Lokomotiv" shifokori: "Kaxi bunday qilmagan bo'lib chiqishini juda-juda xohlardim"
05 sen 2022 16:29
Yangiliklar
"Lokomotiv" shifokori: "Kaxi bunday qilmagan bo'lib chiqishini juda-juda xohlardim"
"Loko" atrofidagi gap-so'zlar to'g'risi, barchamizni esankiratib qo'ydi. Bizning jamoadoshlar, ayniqsa, Kaxi bunday qilmagan bo'lib chiqishini juda-juda xohlardim.
Ammo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan malumotlarning barchasi o'z tasdig'ini topadigan bo'lsa, bilmadim, jamoada qanday muhit yuzaga keladi, qalbimizda qanday tuyg'ular junbush uradi. CHunki mushkul holatdan chiqib ketish niyatida jon-jahdi bilan tirishayotgan "Loko kemasi"dagi ahil jamoa orasida eshkakni teskari eshayotganlar bo'lsa juda alam qiladi-da...
Mayli, kutamiz. Qarshi safaridan so'ng bugun dam olayotgan jamoa azolari ertaga yig'ilishadi. Ko'z-ko'zga tik boqqanda ko'p narsa oydinlashadi...", – dedi Pirriev telegramdagi sahifasida.
Oldinroq O'FA va "Lokomotiv" klubi voqea yuzasidan bayonot bilan chiqqan edi.
Fikrlar