So’nggi yangiliklar

00:10Европа лигаси. "Тоттенхэм" – "Манчестер Юнайтед". Финал старт олди! (онлайн ҳисоб)  20 00:05Илёс Зейтуллаев: "Футболда ғалабадан кўра, мағлубият кўпроқ сабоқ беради"   0 23:35Кейн Бундеслиганинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 23:05Григорий Колосовский: "Ғалаба бор, лекин гуруҳ босқичида тўхтадик"  0 22:38Расман: Флик "Барселона" билан шартномасини узайтирди  2 22:09Никола Лазаревич: "Бугунги ўйинда футболчиларимнинг ҳаракатларидан кўнглим тўлди"  1 21:45Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир жамоага ҳурмат билан қараймиз"  0 21:24Ўзбекистон кубоги плей-офф босқичининг барча иштирокчилари аниқ. Қуръа қачон ўтказилади?  5 20:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичи якунланди. "Олимпик Мобиуз" кейинги босқичга йўлланма олди (бугунги натижалар)  11 20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  5 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7 18:45Франция терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  12 18:27"Футбол олами". Олмалиқда триллер, "Навбаҳор", "Пахтакор" ва "Насаф"нинг сафардаги ғалабалари — 10-тур ҳақида батафсил   2 17:13Жаҳон чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди  6 16:57АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10)  2

“Lokomotiv” PFK barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan tabriklaydi! Yangiliklar

“Lokomotiv” PFK barcha yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan tabriklaydi!

“Lokomotiv” professional futbol klubi xalqimizni O'zbekiston Respublikasining Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etadi.

Mustaqillik hech shubhasiz har bir isnsonga berilishi mumkin bo'lgan eng oliy nematdir!

Bu yil davlatimiz hurriyatiga 25 yil to'ldi. O'tgan vaqt oralig'ida yurtimizda keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Bunyodkorlik yo'lida shahar va qishloqlar zamonaviy ko'rinish oldi, joylarda yangi va ravon yo'llar, ko'rkam inshootlar barpo etildi. Xalqimiz mustaqil bo'lgach, o'z ona tiliga,

milliy valyutasiga va eng asosiysi o'z Konstituciyasiga ega bo'ldi.

“Lokomotiv” futbol klubining bosh homiysi – “O'zbekiston temir yo'llari” akcionerlik jamiyati tomonidan Mustaqillikka erishganimizdan so'ng bir qator ishlar amalga oshirildi. Yangi yo'llar va yangi bekatlar qurilib foydalanishga topshirildi. “Afrosiyob” tezyurar poezdining yo'lga  qo'yilishi, “Qamchiq” tunnelining ochilishi, Toshkent – Andijon yo'nalishi bo'ylab yo'lovchi pozedning qatnashi hamda temiryo'l sohasiga oid boshqa yangiliklar – bularning barchasi aynan Mustaqlllik tufayli deya baralla ayta olamiz.

Davlatimiz Mustaqil bo'lgach, sportga bo'lgan etibor oshdi. SHaxsan Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan Milliy olimpiya qo'mitasi hamda boshqa bir qator sport tashkilotlari tashkil etildi. O'zbekiston bo'ylab boshqa sohalar qatori sport rivoj topdi. Yaqinda bo'lib o'tgan Rio-2016 Olimpiadasidagi yutuqlar ham aynan Mustaqillik, yoshlarga berilayotgan imkoniyat tufaylidir.

“Lokomotiv” futbol klubi o'zi ishtirok etayotgan barcha turnirlarda muvaffaqiyatli odimini davom ettiryapti. Nasib qilsa, futbolchilarimiz muxlislarga sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritish orqali quvonch ulashadi degan umiddamiz.

Malumki, bu yil O'zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 25 yil to'ldi. SHu munosabat bilan “Lokomotiv” futbolchilari xalqimizni o'zgacha tarzda tabriklashni lozim topishdi. Quyidagi suratga etibor bersangiz, har bir futbolchi qo'lida bittadan raqam. Pastki qatorda o'tirgan to'rttala o'yinchimiz 

ham 1991 yilda tug'ilgan va ular 25 yoshni qarshi olishdi. Bular – Temurxo'ja Abduxoliqov, Sardor Mirzaev, Salim Mustafoev va Bobir Tillaboev.

Yuqori qatordagi futbolchilarimiz zsa (chapdan boshlab SHerzod Fayziev, Sanjar SHoahmedov, Sadriddin Abdullaev, Mamur Ikromov, Ikrom 

Aliboev) 2016 va #25 yozuvini ko'tarishgan. Bu esa 2016 yil davom etayotganidan va Mustaqil bo'lganimizga 25 yil to'lganidan darak beradi.

“Lokomotiv” PFK yana bir bor yurtdoshlarimizni Mustaqillik bayrami bilan tabriklaydi. Tinchligimizga ko'z tegmasin, osmonimiz doim musaffo bo'lsin, xalqimiz baxtiga Yurtboshimiz omon bo'lsinlar!

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика