

Kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borilmoqda. Mashg'ulotlarda jami 24 nafar futbolchi qatnashmoqda.
Bugun ham Minsk futbol akademiyasi maydonida mashg'ulot o'tkazildi. Unda dastlab barcha engil yugurib oldi. So'ngra chigalyozdi mashqlari o'taldi. Keyin esa bor e'tibor to'p bilan muomala hamda taktik mashqlarga qaratildi.
Ertaga “Lokomotiv” Minsk yig'ini doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Unda jamoamizga Mogilyov shahrining “Dnepr” klubi raqiblik qiladi.



