

Superliga. 27-tur
“Andijon” - “Lokomotiv” 1:3
Bosh hakam: Ahrol Risqullaev
Ërdamchi hakamlar: Andrey Sapenko va Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Nurken Urazbaev
Nazoratchi: Sultonbek Zaylabidinov
Komissar: Vladimir Nazarov
VAR: Umidjon Rahimjonov
AVAR: Husan Xudayberdiev
Gollar: 1:0 – 5, Aleksandr Shushnyar (avtogol); 1:1 – 8, Temurxo'ja Abduxoliqov (Suhrob Nurulloev); 1:2 – 48, Nikolay Ivanov; 1:3 – 56, Suhrob Nurulloev (Sardor Mirzaev)
“Andijon”: 19.Artyom Potapov, 6.Aleksandre Andronikashvili, 15.Nemanya Chalasan, 17.Azizbek Turg'unboev, 18.Damir Temirov (88.Shoxjahon Ërqinboev, 78), 22.Usmonali Ismonaliev, 26.Muhammadkarim Toirov, 27.Martin Boake, 28.Bekzod Sulaymonov, 70.Hamidullo Karimov (7.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 64), 99.Rustam Turdimurodov (11.Humoyunmirzo Iminov, 46)
Zaxira: 1.Eldor Adhamov, 5.Abdulvohid G'ulomov, 8.Shohmalik Komilov, 23.Fazliddinxo'ja Ubaydullaev, 33.Doniyor Abdumannopov, 66.Abubakir Rejabboev
“Lokomotiv”: 1.Aleksey Kozlov, 8.Bilol Tupliev (10.Shodiyor Shodiboev, 68), 9.Suhrob Nurulloev (99.Jasurbek Yaxshiboev, 68), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (61.Nurlan Ibraimov, 89), 14.Nikolay Ivanov, 15.Aleksandr Shushnyar, 17.Sardor Mirzaev (7.Quvonchbek Abraev, 81), 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Sunatilla Poyonov, 33.Oleg Zoteev, 70.Muhammedali Reimov (23.Diyorjon Turopov, 68)
Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 27.Ozodbek O'ktamov, 30.Jafar Bahodirov, 41.Bobur Abdujabborov
Ogohlantirish: Muhammedali Reimov (45+3)
🏁 90+3' O'yin yakunlandi! Bosh hakam Ahrol Risqullaevning final hushtagi yangradi. "Andijon" o'z maydonida "Lokomotiv" jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
⏱️ 90' Ikkinchi bo'limning asosiy vaqti o'z nihoyasiga etdi. Bosh hakam Ahrol Risqullaev tomonidan uchrashuvga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
85' "Andijon" futbolchisi Humoyunmirzo Iminov boshi bilan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p mo'ljalga aniq bormadi.
🔄 81' "Lokomotiv" tarkibida o'zgarish: Sardor Mirzaev o'rniga maydonga Quvonchbek Abraev tushdi.
🔄 78' "Andijon" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Damir Temirov o'rniga maydonga Shoxjahon Ërqinboev tushdi.
⚠️ 76' Xavfli vaziyat! "Andijon" hujumchisi Martin Boake raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi – to'p ustun yonidan o'tib ketdi.
🔄 68' "Lokomotiv" tarkibida birdaniga uchta o'zgarish yuz berdi: Suhrob Nurulloev o'rniga Jasurbek Yaxshiboev, Muhammedali Reimov o'rniga Diyorjon Turopov hamda Bilol Tupliev o'rniga Shodiyor Shodiboev maydonga tushirildi.
🔄 64' "Andijon" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Hamidullo Karimov o'rniga maydonga Po'latxo'ja Xoldorxonov tushdi.
61' "Andijon" hujumchisi Martin Boake oldingi chiziqda raqibga nisbatan qoida buzdi. Bosh hakam hushtagini chalib, "Lokomotiv" foydasiga jarima zarbasi belgiladi.
⚽ 56' GOL! "Lokomotiv" hisobdagi farqni oshirmoqda! "Andijon" himoyachisi to'pni uzatishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Bundan unumli foydalangan mehmonlar tezkor qarshi hujum uyushtirdi: Sardor Mirzaevning pasidan so'ng darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Suhrob Nurulloev to'pni darvoza to'riga aniq joylab qo'ydi.
⚽ 48' GOL! "Lokomotiv" hisobda oldinga chiqdi! Nikolay Ivanov belgilangan jarima zarbasini aniq ijro etdi. "Andijon" posboni Artyom Potapov to'pga qo'l tekkizishga muvaffaq bo'ldi, biroq yo'nalishini biroz o'zgartirgan to'p darvoza ustuniga tegib, to'rga borib tushdi.
46' "Lokomotiv" yarim himoyachisi Bilol Tupliev bir nechta raqibini aldab o'tib, darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq "Andijon" posboni Artyom Potapov o'z o'rnida ishonchli harakat qilib, to'pni qaytarishga erishdi.
⏱️ 46' Ikkinchi bo'lim boshlandi!
🔄 "Andijon" tarkibida tanaffusda o'zgarish ro'y berdi: Rustam Turdimurodov o'rniga maydonga Humoyunmirzo Iminov tushdi.
⏸️ 45+3' Birinchi bo'lim yakunlandi! Bosh hakam Ahrol Risqullaevning hushtagi yangradi va jamoalar tanaffusga yo'l oldi. Hozircha hisob – 1:1.
🟨 45+3' "Lokomotiv" futbolchisi Muhammedali Reimov raqib o'yinchisi Bekzod Sulaymonovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
⏱️ 45' Birinchi bo'limning asosiy vaqti o'z nihoyasiga etdi. Bosh hakam Ahrol Risqullaev tomonidan bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
⚠️ 43' Xavfli vaziyat! "Andijon" jamoasining burchak uzatmasidan so'ng Nemanya Chalasan to'pni boshi bilan sherigiga etkazdi. Usmonali Ismonaliev darvoza tomon zarba yo'lladi va to'p jarima maydoni ichida Oleg Zoteevning qo'liga tegdi, biroq bosh hakam qoida buzilmadi deb topib, o'yinni davom ettirishga qaror qildi.
42' "Andijon" futbolchisi Usmonali Ismonaliev o'ng oyog'i bilan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi, biroq "Lokomotiv" posboni Aleksey Kozlov to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
35' "Andijon" futbolchilari o'ng qanotdan jarima maydoniga to'pni uzatdi. Hujumni boshi bilan yakunlagan Martin Boakening zarbasidan so'ng, "Lokomotiv" darvozaboni Aleksey Kozlov to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.
27' "Andijon" burchak zarbasini amalga oshirdi: jarima maydoniga etkazib berilgan to'pga Martin Boake boshi bilan zarba berdi, ammo "Lokomotiv" posboni Aleksey Kozlov o'z o'rnida ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi.
24' "Lokomotiv" yarim himoyachisi Suhrob Nurulloev burchakdan to'pni jarima maydoniga etkazib berdi. Hujumni davom ettirgan Sardor Mirzaev darvoza tomon aniq zarba yo'lladi, biroq "Andijon" posboni Artyom Potapov to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
23' "Lokomotiv" yarim himoyachisi Suhrob Nurulloev chap oyog'i bilan raqib darvozasi tomon pastlatib zarba yo'lladi, biroq "Andijon" posboni Artyom Potapov to'pni ishonchli tarzda qaytarib qoldi.
⚠️ 22' Xavfli vaziyat! "Andijon" hujumchisi Martin Boake yaqin masofadan qaychi uslubida darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi. Vaziyat yakunlangach, unga to'pni etkazib bergan Nemanya Chalasan o'yindan tashqari holatda qolgani ma'lum bo'ldi.
⚠️ 19' Xavfli vaziyat! "Andijon" futbolchisi Usmonali Ismonaliev o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi. Bekzod Sulaymonov boshi bilan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p mo'ljalga biroz aniq bormadi.
16' "Lokomotiv" tezkor javob qaytardi: Sardor Mirzaev raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi, biroq to'p ustun yonidan o'tib ketdi.
⚠️ 15' Xavfli vaziyat! "Andijon" yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev jarima maydoni ichida chap oyog'i bilan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Ammo to'p darvoza ustuni va to'sini kesishmasiga tegib, maydonni tark etdi.
⚽ 8' GOL! "Lokomotiv" muvozanatni tikladi! Suhrob Nurulloev burchakdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Temurxo'ja Abduxoliqov esa raqib himoyachilaridan chaqqonroq harakat qilib, bosh bilan aniq zarba yo'llagan holda darvozani ishg'ol qildi.
⚽ 5' GOL! Hisob ochildi! "Andijon" futbolchisi Bekzod Sulaymonov chap qanotdan jarima maydoniga to'pni uzatdi. Himoyalanish chog'ida xatoga yo'l qo'ygan "Lokomotiv" vakili Aleksandr Shushnyar to'pni boshi bilan o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi – avtogol!
⚠️ 3' Xavfli vaziyat! "Lokomotiv" futbolchisi Bilol Tupliev raqib jarima maydoni yaqinida faol pressing ishlatib, Aleksandre Andronikashvilidan to'pni olib qo'ydi va darhol darvoza tomon zarba yo'lladi. To'p ustun yonidan o'tib ketdi.
⏱️ 1' O'yin boshlandi! Bosh hakam Ahrol Risqullaev hushtagini chalib, uchrashuvga start berdi. To'pni mezbonlar – "Andijon" futbolchilari o'yinga kiritdi. Andijonliklar bugun qizil, poytaxtning "Lokomotiv" jamoasi esa oq rangli liboslarda to'p tepmoqda.



