Lokomotiv murabbiylari OFK elit murabbiylari forumida ishtirok etishadi
27 avg 2016 13:41
Yangiliklar
Lokomotiv murabbiylari OFK elit murabbiylari forumida ishtirok etishadi
1-2 sentyabr kunlari Xitoyning SHanxay shahrida OFK tomonidan OCHL chorak finaliga etib borgan, Olimpiada o'yinlarida qatnashgan terma jamoalar va ayollar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan murabbiylar uchun “OFK Elit murabbiylar forumi” tashkil etilmoqda.
Ayni damda OCHL yarim finali ostonasida turgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi murabbiylari Andrey Miklyaev va Mirko Yelichich shu yilning 1-2 sentyabr kunlari SHanxay shahrida tashkil etiladigan OFK elit forumida ishtirok etishadi.
Ushbu forum yakunlangach ikki murabbiy o'rtasida “Lokomotiv” stadionida davra suxbati o'tkaziladi. Andrey Miklyaev va Mirko Yelichich jurnalistlarning o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob beradilar. Ushbu davra suhbati sanasi haqida yaqin kunlarda batafsil malumot beramiz.
Fikrlar