U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qachon qura tashlanishi elon qilindi
15 may 2025 13:23
Yangiliklar
U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qachon qura tashlanishi elon qilindi
Osiyo futbol konfederaciyasi 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qura tashlash sanasini malum qildi.
Unga ko'ra, marosim 29 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala-Lumpurdagi OFK qarorgohida o'tkaziladi.
Jamoalar oxirgi 3 ta musobaqadagi ko'rsatkich bo'yicha savatchalarga taqsimlangan. O'zbekiston U-23 terma jamoasi 1-savatchadan o'rin olgan. Saralash bosqichiga Kambodja, Xitoy, Indoneziya, Iordaniya, Qirg'iz Respublikasi, Myanma, Qatar, Tojikiston, Tailand, BAA va Vetnam mezbonlik qiladi.
Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan musobaqaning saralash o'yinlari 1-9 sentyabr kunlari o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar