"Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuviga kirmoqchi bo'lgan jurnalistlar diqqatiga!
14 iyu 2020 10:46
Yangiliklar


"Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuviga kirmoqchi bo'lgan jurnalistlar diqqatiga!
15 iyun kuni Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
"Lokomotiv" stadionida kechadigan bahs soat 19:00da boshlanadi. O'yinga kiruvchilar soni cheklangani bois jurnalistlar va fotomuxbirlardan 15 iyun (dushanba) kuni soat 12:00dan kechiktirmasdan o'zlari haqidagi malumotni lokomedia@mail.ru elektron pochtasiga yuborishlari so'raladi.
OAV xodimi yil boshida PFL tomonidan berilgan akkreditaciyaga ega bo'lishi, karantin qoidalariga qatiy rioya qilishi hamda o'yin boshlanishiga 30 daqiqa qolganida stadionda bo'lishi shart.
Akkreditaciyasi bo'lmagan jurnalist stadionga kiritilmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar