So’nggi yangiliklar

20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 20:00Суперлига. "Нефтчи" - "Хоразм" 1:0 (матнли трансляция)  15 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  1 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  16 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  12 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  2 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  0 15:35"Насаф" ҳақоратли сўзлар ишлатган матбуот ходими вакилини ишдан бўшатди ва жамоатчиликдан узр сўради  22 15:20Расман: "Пахтакор" португалиялик бош мураббий ва унинг ассистентлари ҳамда бразилиялик легионер билан хайрлашди  13 14:57"Андижон" "Насаф" вакилининг ҳақорати юзасидан муносабат билдирди: клуб ПФЛдан чора кутмоқда  23

"Lokomotiv" lageridan qaynoq reportaj, Ilyosov va G'ulomov bilan intervyu Yangiliklar

"Lokomotiv" lageridan qaynoq reportaj, Ilyosov va G'ulomov bilan intervyu

"Lokomotiv" portugaliyalik Mikael Sekeyra boshchiligida Toshkentda yig'inni davom ettirmoqda.

Jamoa azolari bugungi mashg'ulotlarni TTYMI o'yingohida o'tkazdi. Unda taklif qilingan yangi futbolchilar, o'tgan mavsum jamoa sharafini himoya qilgan o'yinchilar ishtirok etishdi. Murabbiylar shtabi ularning harakatini diqqat bilan kuzatib bordi, Mikael Sekeyra mashg'ulot davomida ko'rsatmalari bilan shogirdlarining yanada faolroq bo'lishga chaqirdi. Aytish mumkinki har bir futbolchi ko'tarinki kayfiyatda mashqlarni bajarishdi. Darvozabonlar bilan esa odatdagidek ispaniyalik Dani CHabrera shug'ullandi. Poytaxtdagi yig'in 28 yanvarga qadar davom etishi ko'zda tutilgan. SHundan so'ng jamoa aolari yig'inning ikkinchi qismini o'tkazish uchun Turkiyaga yo'l olishadi.

Navbatdagi kungi mashg'ulotlar yakunlangach darvozabon Javohir Ilyosov hamda yarim himoyachi G'ulom Haydar G'ulomov championat.asia saytiga fikrlarini bildirib o'tdi.

Javohir Ilyosov: "Endilikda portugal tilini ham o'rganishga harakat qilamiz"

"Mashg'ulotlar qiziqarli o'tmoqda. Murabbiy yangilik olib kirishga harakat qilmoqda. Mikael Sekeyra bilan uchinchi kun ishlayapmiz o'ylaymanki hammasi yaxshi bo'ladi. O'tgan mavsum oxirlaridan boshlab darvozabonlar bilan ispaniyalik murabbiy ishlamoqda. Uning o'ziga yarasha qarashlari bor, Pyotr Gizimchukning o'rgatish uslubi boshqacha. Farq qilishi tabiiy. Jamoamiz hech qachon oldiga pastki o'rinlarni egallashni vazifa qilib qo'ymaydi. Avvalgi mavsumda biroz omadimiz kelmadi. Joriy yilda yuqori natija ko'rsatib muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Darvoza chizig'ida raqobat yaxshi shakllangan. Deylik Nesterov jamoani tark etganidan keyin Rustam Nortojiev bilan asosiy tarkib uchun raqobatlashdik. Murabbiyni tushunishda tarjimondan foydalanmoqdamiz. Portugal tilini ham o'rganamiz",- deydi Ilyosov.


G'ulom Haydar G'ulomov: "Kuchlilar ichida inson o'zi ham kuchli bo'lib boradi"


"Yig'inni boshlanishi yomon emas. Birinchi kundan faol tarzda mashqlarni bajarishga kirishdik. Bu erga kelishidan oldin shug'ullanish uchun alohida dastur yuborgandi. SHu asosida uyda mashqlarni olib bordik. Mashg'ulotlar ko'proq maydonda to'p bilan o'tkazilmoqda. "Lokomotiv" har doim sovrinli o'rinlar uchun kurashadi, mamlakatimizning etakchi jamoalaridan biri hisoblanadi. Bunday jamoaga kelgandan so'ng ikki hissa kuch bilan o'ynashga to'g'ri keladi. Faqat bu erda emas har bir jamoada harakat qilasiz, lekin baribir mazkur klubda bosim bor. Kuchlilar bilan birga yursa inson o'zi ham shunga qarab intiladi",- deydi G'ulomov.


Quyida mashg'ulotlardan olingan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin:



Fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali to'liq tomosha qilish mumkin. FOTOGALEREYA


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi 

Foto: Jahongir Fayzullaev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика