"Lokomotiv": Idiatullindan Kapadzegacha
01 okt 2015 15:27
Yangiliklar
"Lokomotiv": Idiatullindan Kapadzegacha
TTZdagi “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tgan bahsda “temryo'lchilar” “Olmaliq”ni 4:1 hisobida mag'lub etishdi. Qizig'i shundaki, mazkur uchrashuvda uchinchi golga mualliflik qilgan Timur Kapadze “Lokomotiv”ning oliy ligadagi 450-golini raqib darvozasiga kiritdi. Bu o'yingacha 2004 yildan beri oliy ligada ishtirok etib kelayotgan “Lokomotiv” raqiblar darvozasiga 447ta to'p kiritgandi.
Kechagi bahsda Mo'ydin Mamazulumov hisobni ochgan bo'lsa, Oleg Zoteev hisobni 2:1 ko'rinishga keltirdi. Keyinchalik “Loko” sardori Timur Kapadze jamoasining uchinchi to'pini kiritdi. Va o'yinga yakuniy nuqtani Marat Bikmaev qo'ydi – 4:1. SHunday qilib “Lokomotiv”ning oliy ligada urgan gollari soni 451taga etdi va Kapadze 450-gol muallifi bo'ldi.
Quyida “Lokomotiv”ning oliy ligadagi yubiley gollarini keltirib o'tamiz:
1-gol. Marsel Idiatullin (2004 yil)
50-gol. Marsel Idiatullin (2005 yil)
100-gol. O'lmas Ikromov (2006 yil)
150-gol. Ilnur Xazigaliev (2008 yil)
200-gol. Muzaffar Umrzoqov (2009 yil)
250-gol. Zayniddin Tojiev (2012 yil)
300-gol. Farhod Tojiev (2013 yil)
350-gol. Ivan Nagaev (2014 yil)
400-gol. Damir Koyashevich (2015 yil)
450-gol. Timur Kapadze (2015 yil)
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar