Rasman: Rossiya futboli tarixidagi eng tezkor gol muallifi, "Nasaf" yarim himoyachisi va "Surxon" himoyachisi "Lokomotiv" safiga qo'shildi
01 jan 19:07
Yangiliklar
Rasman: Rossiya futboli tarixidagi eng tezkor gol muallifi, "Nasaf" yarim himoyachisi va "Surxon" himoyachisi "Lokomotiv" safiga qo'shildi
Ulardan biri belaruslik legioner Nikolay Ivanovdir. Championat.asia sayti uning "temiryo'lchi"ga aylanayotgani haqida 22 dekabr kuni yozgandi.

O'tgan mavsumda Belarus chempionatida bronza medallariga ega chiqqan 25 yoshli yarim himoyachi Nikolay Ivanov jamoa azosiga aylandi.
Belarusning "Slaviya" jamoasi tarkibida 31 o'yinda 7 tadan gol va assist qayd etgan markaziy yarim himoyachi, shuningdek, chempionatda vaziyat yaratish bo'yicha (36 golli vaziyat) 5-o'rinda bo'lgan Nikolay Ivanov yangi mavsumni "Lokomotiv" tarkibida o'tkazadi.
Qizig'i shundaki, Nikolay Ivanov Rossiya futboli tarixida eng tezkor gol muallifi hisoblanadi. U 2024 yilda "Mashuk" jamoasi tarkibida "Ximki" darvozasini 4-soniyadayoq ishg'ol qilgan.
Bundan tashqari, "temiryo'lchilar" quyidagi 2 futbolchi transferini ham elon qildi.

27 yoshli futbolchi Suhrob Nurulloev "Lokomotiv" futbolchisiga aylandi.
"Lokomotiv" o'tgan mavsumda "Nasaf" tarkibida 24 o'yinda qatnashib, 2 gol muallifiga aylangan o'ng qanot vingeri bilan shartnoma imzoladi.

Superliganing yangi mavsumiga jiddiy hozirlik qilayotgan "Lokomotiv" tarkibiga 21 yoshli himoyachi Sunnatilla Poyonovni qo'shib oldi.
Yakunlangan mavsumda "Surxon" tarkibida 24 o'yinda qatnashib, 1 bora raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan himoyachi yangi mavsumda "Lokomotiv" sharafini himoya qiladi. U O'zbekiston U-20 termasida 4 uchrashuvda ishtirok etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar