"Nasaf" Nurulloev bilan shartnomani uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2023
2021 yildan beri "Nasaf" sharafini himoya qilayotgan Suxrob Nurulloev faoliyatini "ajdarlar" safida davom ettiradi.

Bu haqda "Nasaf"ning Telegramdagi kanalida e'lon qilindi.

Shartnoma bir yilga uzaytirildi.

"Suxrob Nurulloev 2021-yildan buyon “ajdarlar” sharafini himoya qiladi. Futbolchi “Nasaf” bilan ikki O'zbekiston Kubogini va bir marta Superliganing bronza medalini qo'lga kiritgan.

Yangi mavsumdagi hamkorlik Suxrob va jamoamiz uchun samarali bo'ladi degan umiddamiz" - deyiladi klub bergan xabarda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia