So’nggi yangiliklar

16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  4 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  3 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  6 14:10"Фенербахче" ПСЖ ҳимоячисини сотиб олади  0 13:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  2 12:58Мадуэке: "Арсенал" билан иштирок этадиган барча мусобақаларимда ғолиб чиқишни истайман"  1 12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  1 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  47 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0

"Lokomotiv" bor etiborini "Istiqlol" bilan o'yinga qaratadi Yangiliklar

"Lokomotiv" bor etiborini "Istiqlol" bilan o'yinga qaratadi

11 aprel kuni "Lokomotiv"ni yana bir muhim uchrashuv kutib turibdi.

"Temiryo'lchilar" shu kuni Osiyo chempionlar ligasi bahsida Eronning "Istiqlol" klubiga qarshi maydonga tushishadi. 

TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadigan bahs 16:00da boshlanadi. Bu o'yin "Lokomotiv" uchun juda muhim. CHunki g'alabagina "Loko" uchun keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini ochadi. Hozirda "Lokomotiv" uchta o'yindan so'ng 3 ochko to'plagan holda turnir jadvalida oxirgi o'rinda bormoqda. 

"Istiqlol" esa 6 ochko bilan birinchi o'rinda ketyapti. Tehronda bo'lib o'tgan birinchi uchrashuvda "Loko" 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan va navbatdagi o'yindagi g'alaba jamoamizning "Istiqlol" bilan bir xil ochko to'plashiga sabab bo'ladi. BAAning "Al Ahli" hamda Saudiya Arabistonining "Al Taavon" klublari esa bir xil 4 ochkodan to'plagan holda 2-3 o'rinlarni egallab turishibdi. 

Xabaringiz bor, "Istiqlol" va "Lokomotiv" o'rtasidagi birinchi o'yin 13 mart kuni Tehrondagi "Ozodi" stadionida bo'lib o'tgandi. SHundan so'ng terma jamoalar uchun FIFA kunlari boshlandi va har ikkala klub ham ikki haftacha maydonga tushmadi. Jamoalar o'rtoqlik o'yini o'tkazish bilan kifoyalanishdi. 

"Lokomotiv" "Istiqlol" bilan kechadigan bahsga ikkita o'yin orqali tayyorgarlik ko'rdi. "Temiryo'lchilar" 31 mart kuni "Olmaliq", 6 aprelda "SHo'rtan"ga qarshi maydonga tushishdi. Toshkentda "Olmaliq" 5:0 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, G'uzorda "Loko" 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi. 

"Istiqlol" ham "Lokomotiv" singari milliy chempionatda ikkita o'yin o'tkazdi. Bu jamoa avvaliga uyda "Fulad"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi va keyingi tur safarda "Gostaresh" bilan 1:1 o'ynadi. SHuni aytish lozim, "Istiqlol" Eron chempionatida 2-o'rinda bormoqda klub 48 ochko jamg'argan. Birinchi o'rinda borayotgan "Persepolis" hisobida 59 ochko bor bo'lib, chempionat tugashiga to'rt tur qolganda Eron chempionligini qo'lga kiritdi desak ham bo'laveradi. 

Yuqorida aytib o'tganimizdek, birinchi o'yinda mag'lubiyatga uchragan "Lokomotiv" uchun navbatdagi bellashuv juda muhim ahamiyatga ega. "Temiryo'lchilar"ni mazkur bahsda faqat va faqat g'alaba qoniqtiradi. Zero, shundagina jamoada guruhdan chiqish uchun qulay imkoniyat yuzaga keladi. 

"SHo'rtan"dan uchralgan mag'lubiyat alami ortda qoldi, buyog'iga endi keyingi o'yinlarni o'ylab harakat qilish lozim. "Lokomotiv" o'z maydonida "Istiqlol"ni mag'lub etsa hammasi yana joyiga tushadi va jamoaga etakchilik ruhiyati qaytadi. SHunday ekan, "Loko" futbolchilaridan 11 aprel kuni bo'ladigan bellashuvda faqat G'ALABA kutib qolamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика