"Loko" "Qizilqum" himoyachisiga qiziqyapti
22 noy 2022 00:30
Yangiliklar


"Loko" "Qizilqum" himoyachisiga qiziqyapti
Bu haqda saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev xabar beryapti.
"Lokomotiv" qiziqayotgan futbolchilar orasida Zoteev ham bor. "Temiryo'lchilar" "Turon" to'sig'idan o'ta olishsa, Oleg jamoaga qaytishi mumkin. Malumot uchun, u "Qizilqum"ni tark etishi to'g'risidagi xabarlar yozda paydo bo'lgan. O'shanda Zoteevga "Bunyodkor" jiddiy ravishda qiziqqan edi", — deyiladi "futbol ANALIZI" kanalida.
Eslatib o'tamiz, Oleg Zoteev 2022 yilgi mavsumni "Qizilqum"da o'tkazib, 27ta uchrashuvda maydonga tushdi. U 2015-2020 yillarda "Lokomotiv" sharafini himoya qilgan.
Eshitdik-da! "Lokomotiv" Muhammadiev va Abduxoliqovni qaytarmoqchi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar