Lodi ertaga "Atletiko" mashg'ulotlariga qaytadi. U koronavirusdan tuzaldi
15 may 2020 01:51
Yangiliklar


Lodi ertaga "Atletiko" mashg'ulotlariga qaytadi. U koronavirusdan tuzaldi
Himoyachi Renan Lodi ertaga "Atletiko" mashg'ulotlariga qaytishi malum qilindi.
Braziliyalik futbolchining koronavirus uchun bu hafta topshirgan 2 ta testi salbiy natija berdi.
Lodi shu paytgacha "Atletiko" murabbiylari bilan video aloqa o'rnatgan holda uyda shug'ullanayotgandi. Unda kasallikning engil alomatlari qayd etilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar