So’nggi yangiliklar

00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  1 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  1 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  7 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  39 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9 15:18Бунақаси Месси фаолиятида биринчи марта юз берди  22

LLF SUPER LIGAda oyning eng yaxshilari aniqlandi Yangiliklar

LLF SUPER LIGAda oyning eng yaxshilari aniqlandi

Toshkentda havaskorlar o'rtasida futzal bo'yicha LLF SUPER LIGA musobaqasi bo'lib o'tayotgani haqida xabar bergandik.

O'tgan hafta turnirda o'zini ko'rsatayotgan sportchilar etirof etildi. Tashkiliy qo'mita oktyabr oyi yakunlariga ko'ra, 4ta nominaciya bo'yicha eng yaxshilarni aniqlab oldi. 

1. Eng yaxshi darvozabon

Nomzodlar: Bekzod Amanullaev (SUZANE), Leonid Bojedomov (DHL), Bahodir Qodirjonov (VOSTOK), Lazizxo'ja Xo'jaahmatov (UZPSB).


2. Eng yaxshi futzalchi

Nomzodlar: Azamat Boymatov (VOSTOK), G'ayrat Ismoilov (UZPSB), Diyor Murotov (GOV.RUK), Oleg Sekachev (PHOENIX).


3. Eng intizomli jamoa

Nomzodlar: ASKLEPIY GROUP, ARGIN, GOV.RUK, TTG-2.


4. Eng yaxshi murabbiy

Nomzodlar: Konstantin Sviridov (UZPSB), SHuhrat Tojiboev (DHL), Maksed Zakirov (VOSTOK), Javlon Anorov (TTG).



Bahodir Qodirjonov - "Eng yaxshi darvozabon"

VOSTOK jamoasining birinchi raqamli posboni Bahodir Qodirjonov oktyabr oyining "Eng yaxshi darvozaboni" deb topildi. VOSTOK dastlabki 5 turda ketma-ket g'alaba qozonishiga Bahodir munosib hissa qo'shdi. Qolaversa, o'z darvozasidan eng kam gol o'tkazdi: -6ta gol.


Azamat Boymatov - "Eng yaxshi futzalchi"

VOSTOK sardori, jamoaning eng etakchi o'yinchilaridan biri Azamat Boymatov LLF SUPER LIGA tomonidan oktyabr oyining "Eng yaxshi futzalchisi" deb topildi. Azamat musobaqaning dastlabki 5 turida 9ta gol urib, 4 bor golli to'p uzatishni amalga oshirdi. Jamoasi esa qatorasiga 5ta o'yinda g'alaba qozondi.


Konstantin Sviridov - "Eng yaxshi murabbiy"

UZPSB bosh murabbiyi Konstantin Sviridov oktyabr oyining "Eng yaxshi murabbiyi" deb topildi. Sviridov qo'l ostida UZPSB juda yaxshi o'yin namoyish etib, 5ta o'yinda g'alaba qozondi va to'plar nisbati 26-10 ko'rinish oldi.


ASKLEPIY GROUP - "Eng intizomli jamoa"

ASKLEPIY GROUP o'tgan oyning "Eng intizomli jamoasi" deb topildi. Ushbu jamoa o'yin payti o'zini tutishi va boshqa jihatlari bilan namuna bo'ldi.


LLF SUPER LIGA tashkiliy qo'mitasi hamda musobaqa homiylaridan biri ERMAK savdo brendi oy laureatlariga esdalik sovg'alarni taqdim etdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика