LLF SUPER LIGAda 5-tur yakunlandi. VOSTOK - peshqadam!
01 noy 2022 23:48
Yangiliklar


LLF SUPER LIGAda 5-tur yakunlandi. VOSTOK - peshqadam!
Dastlab 5-tur natijalarini keltirib o'tsak:
30 oktyabr, yakshanba
GOVORYASHIE RUKAMI - ASKLEPIY GROUP 11:1
SUZANE - UZPSB 4:5
PHOENIX - UZPOST 11:5
DHL - VOSTOK 3:5
TTG - TTG-2 8:0
ISTIQLOL - ARGIN 7:5
Ushbu musobaqada 12ta jamoa ishtirok etmoqda va tur o'yinlari haftaning har yakshanba kuni o'tkazilyapti. Musobaqani o'tkazishdan maqsad - havaskor sportchilarga bo'lgan etiborni oshirish hamda aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish.
Dastlabki 5ta turdan so'ng turnir jadvalida VOSTOK jamoasi 5 g'alaba bilan 15 ochko to'plab peshqadamlik qilyapti. Ikkinchi o'rinda borayotgan UZPSB hisobida ham 15 ochko bor, faqat to'plar nisbatiga ko'ra, ular VOSTOKdan orqada. ISTIQLOL esa 10 ochko to'plagan holda 3-o'rinni egallab turibdi.
To'purarlik uchun kurashda GOVORYASHIE RUKAMI jamoasining 7-raqamli hujumchisi Diyor Murotov 10ta gol bilan peshqadam. Ikkinchi o'rindagi Azamat Boymatov (VOSTOK) hisobida 9ta, 3-o'rinda borayotgan G'ayrat Ismoilov (UZPSB) hisobida esa 8ta gol bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar