"Liverpul"ning etakchi hujumchilari Superkubok uchun bahsda ishtirok etmasliklari mumkin
01 avg 2019 10:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/509890_original.jpg)
![](/upload/storage/509890_220.jpg)
"Liverpul"ning etakchi hujumchilari Superkubok uchun bahsda ishtirok etmasliklari mumkin
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti"ga qarshi bo'ladigan Angliya Superkubogi uchun bahsga tarkibni tanlamaganini aytdi.
"Hozircha Saloh, Mane va Firmino "Manchester Siti"ga qarshi o'ynay olishini bilmayman. Ammo ular maydonga tushishiga umid bor. Uchrashuvga yaxshi tayyorlanish kerak.
"Manchester Siti" bilan o'yin boshqa bahslardan farq qiladi. Ularga qarshi har tomonlama tayyor bo'lish uchun mavsumoldi tayyorgarlikda "shaharliklar" bilan bahs o'tkazishimiz kerak edi, biz esa bunday qilmadik. Ammo hammasi yaxshi" - deydi Klopp.
So'nggi Angliya chempionatida "Manchester Siti" 98 ochko to'plab oltin medallarni qo'lga kiritdi. "Liverpul" ikkinchi o'rinni egalladi va chempiondan bir ochko ortda qoldi.
Angliya Superkubogi uchun bahs 4 avgust kuni "Uembli" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar