"Liverpul"ning 16 yoshli muxlisi bir umr "Enfild"ga kira olmasligi mumkin
07 mar 2023 00:05
Yangiliklar
"Liverpul"ning 16 yoshli muxlisi bir umr "Enfild"ga kira olmasligi mumkin
"Liverpul" hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi bahsda maydonga tushgan muxlisni policiya qo'lga oldi.
16 yoshli muxlis "Enfild"dagi bahs paytida "Liverpul"ning golini futbolchilar bilan birga nishonlash uchun maydonga tushdi, ammo sirpanib ketib, Endryu Robertsonni yiqitib yubordi. Styuardlar muxlisni tezda ushlashdi va olib ketishdi.
Ishqiboz policiya tomonidan qo'lga olindi. "Liverpul" esa ushbu muxlisning akkauntini bloklaganini elon qildi va aybdor deb topilsa, bir umrga "Enfild"ga kirish huquqida mahrum bo'ladi. Ushbu taqiqi APLning barcha arenalarida amal qilishi mumkin.
Fikrlar