"Liverpul"ni CHLdan chiqarib yuborgan "Atletiko" o'yinchisi itini "Enfild" deb nomladi
04 apr 2020 10:54
Yangiliklar
"Liverpul"ni CHLdan chiqarib yuborgan "Atletiko" o'yinchisi itini "Enfild" deb nomladi
CHL doirasidagi "Liverpul" (4:2)ga qarshi javob o'yinida, yani "Enfild"da dubl qayd etgan "Atletiko" yarim himoyachisi Markos Lorente ushbu o'yinni o'z hayotida kiritishga qaror qildi.
Markos yangi francuz buldog itiga "Liverpul" stadionining sharafiga "Enfild" deb nomladi.
Futbolchi koronavirus pandemiyasi paytida zerikkan itining suratini "Instagram"dagi storisiga joylashtirdi.
"Karantinning 22-kuni. "Enfild" hayotning qayd tarzda o'tayotganini kuzatmoqda", - deya yozib qo'ygan futbolchi surat tagiga.
Takidlash kerakki, Lorente professional futbolchilik faoliyati davrida 5ta gol urgan, shulardan ikkitasi "Enfild"da urildi.
Fikrlar