“Liverpul” yana bir transfer arafasida turibdi
19 sen 2020 01:23
Yangiliklar


“Liverpul” yana bir transfer arafasida turibdi
Kecha o'z safini Tyago Alkantara bilan to'ldirgan Angliya chempioni shu kunlarda yana bir transferni amalga oshirishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda Sky Sports.
Mersisaydliklar “Vulverxempton” yarim himoyachisi Diogu Jota bilan shartnoma tuzishadi. Portugaliyalik xavbek uchun inglizlar 35 million funt sterling to'lashadi. Ushbu transferga ko'ra “Liverpul” himoyachisi Ki-Yan Xuver ham “Vulverxempton”ga o'tishi mumkin.
Jota 17 sentyabr kuni jamoasining Angliya liga kubogida “Stok Siti”ga (0:1) qarshi uchrashuvi oldidan klub qarorgohini tark etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar