"Liverpul" va "Arsenal"ga 65-70 mln funtlik o'yinchi qiziq
17 may 2025 18:17
Yangiliklar
"Liverpul" va "Arsenal"ga 65-70 mln funtlik o'yinchi qiziq
"Vest Xem Yunayted" klubi qanot hujumchisi Muhammad Kudusni sotib yuborishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Uning ehtimoliy ketishi bo'yicha muzokaralar yaqin haftalarda tezlashishi kutilmoqda.
Manbaga ko'ra, ganalik futbolchiga "Liverpul" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirmoqda. Kudusning shartnomasida uning tovon puli 84 mln funt etib belgilangan, ammo londonliklar 24 yoshli vingerni 65-70 mln funt evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Kudus joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 50 mln evroni tashkil etadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar