APL. "Liverpul" Salohning gollari evaziga "Uotford"ni mag'lub etdi
14 dek 2019 19:22
Yangiliklar


APL. "Liverpul" Salohning gollari evaziga "Uotford"ni mag'lub etdi
Liverpool Mohamed Salah - 38', Mohamed Salah - 90' |
Premier League . 17-tur 14/12/2019, 17:30 0
:
2
Tugadi
|
Watford |
Stadion: Anfield, 53311 tomoshabin
Bosh hakam: Andre Marriner
"Liverpul" – "Uotford" 2:0
"Enfild"
Gollar: 1:0 – 38 Saloh, 2:0 – 90 Saloh.
"Liverpul": Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Xenderson, Milner, SHakiri (Oksleyd-CHemberlen, 70), Veynaldum (Robertson, 59), Mane, Salax, Firmino (Origi, 88).
"Uotford": Foster, Femeniya, Ketkart, Mariappa, Kabasele, Kapu, Dukure (Kina, 87), Xyuz, Sarr, Dini (Grey, 75), Deulofeu.
Ogohlantirishlar: Xyuz (24), Xenderson (43), Milner (57).
UCHRASHUV YAKUNLANDI!
90. GOL! YANA SALOH! Sadio Mane o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, to'pni orqaroqqa uzatdi, Origi esa to'pga zarba berishni eplay olmadi, biroq to'p Muhammad tomonga burildi va Saloh tovoni bilan darvozani ishg'ol qildi. Gol VAR orqali tekshirilmoqda. Saloh hisobiga ikkinchi gol yozib qo'yildi.
88. O'zgarish: Firmino o'rniga Divok Origi maydonga tushdi.
84. "Liverpul" himoyachilari xato qilishdan to'xtashmayapti. Biroq "Uotford" juda "mehribon" jamoa ekanligi tufayli, raqibni kechirishda davom etmoqda.
81. Jerar Deulofeu burchak zarbasidan darvozani nishonga olishga urindi. To'p ustunga tegib qaytdi.
77. SARR! Ismaila qarshi hujumda to'pni qabul qildi va zarba berishga urinib, to'pni va qulay vaziyatni qo'ldan chiqardi. Bugun bu yigitning omadi kelmayapti.
74. FIRMINO! Jamoadoshidan kelgan uzatmani darvozaga to'g'irlash o'rniga, to'pni o'ziga bo'ysundirishga urindi va zarbaga kechikib, vaziyatdan foydalana olmadi.
70. O'zgarish: SHakiri o'rniga Aleks Oksleyd-CHemberlen maydonga tushdi.
68. Mezbonlar tempni biroz pasaytirdi, Klopp esa CHemberlenni maydonga tushirmoqchi.
65. "Liverpul" hujumlar sonini keskin ko'paytirdi, ammo vaziyatlar aniq zarba bilan yakun topmayapti.
63. Saloh bir daqiqai ichida ikkita vaziyatga ega bo'ldi, ammo bittasida noaniq zarba va ikkinchisida raqib himoyachisi gol bo'lishiga imkon bermadi.
62. Firmino raqib maydonchasiga yorib kirdi va chap oyoq bilan zarba berdi. Ben Foster to'pni egallab oldi.
59. O'zgarish: Veynaldum uchrashuvni davom ettira olmadi. Uning o'rniga Endryu Robertson maydonga tushdi.
57. Veynaldum jarohat olgan ko'rinadi. SHifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.
53. "Uotford" yana bir vaziyatni ko'kka sovurdi. Deulofeuning zarbasini Alisson qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
50. GOL! MANE! Sadio Mane qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga burib qo'ydi, biroq takroriy lavhada ofsayd bordek ko'rindi. Ha, Sadio Mane biroz oldinroqda turgani uchun gol hisobga olinmadi. Ofsayd!
49. ZARBA! Saloh Manega to'pni qaytarib uzatishga harakat qildi, ammo raqibga tekkan to'p yana unga tushdi va Muhammad hujumni zarba bilan yakunlashga qaror qildi. To'p himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.
47. "Liverpul" burchak zarbasi ishlab oldi, ammo uzatilgan to'pdan so'ng "Uotford" qarshi hujumga o'tib ketdi. "Qizillar"ning baxtiga mehmon jamoa futbolchisi to'pni oldirib qo'ydi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
TANAFFUS!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
44. Saloh ajoyib uzatma orqali Maneni to'p bilan taminladi, biroq Sadio darvozabonni aldashga urinib, to'psiz qoldi.
42. "Uotford" futbolchilari nimalar qilishyapti?! Ismaila Sarr zarba berish uchun ajoyib vaziyatga ega bo'ldi, ammo Sarr to'pga zarba bera olmadi.
38. GOL! MUHAMMAD SALOH! "Liverpul" qarshi hujumda "Uotford"ni jazoladi. Mane to'pni qabul qilishi bilan uni Salohga uzatdi. Muhammad esa chap qanot tomonga yurib, bir harakat bilan raqibini aldadi va o'ng oyog'ida darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi. 1:0
36. Dukure Alisson darvozasini ishg'ol qilishga yaqin keldi, ammo u darvoza yaqinida bo'lishiga qaramay to'pga zarba bera olmadi.
33. "Uotford" hujumga o'tdi. Deulofeu to'pni chap qanotdan raqib maydonchasi markaziga tashladi, so'nggi pallada van Deyk uzatma manziliga etib bormasligini taminladi.
29. Statistikaga etibor bersak, hech bir jamoa hozirgacha aniq zarba bera olgani yo'q: 0-0.
26. Liverpul shahrida qattiq shamol esmoqda. Darvozabon Ben Foster to'pni chiziq ustiga qo'yganidan so'ng u shamol kuchi bilan dumalab ketmoqda.
25. Saloh o'z qanotidan raqib jarima maydonchasiga kirdi va raqiblarini aldashga kirishib ketdi. Yakundagi zarba noaniq bo'ldi.
24. Bu safar Mane himoyachilar qaytargan to'pga zarba berdi, ammo u ham Xenderson kabi to'pni muxlislar tomon yo'lladi.
22. Mane chap qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasi ichiga uzatdi, Kiko uni qaytargandek ko'rindi, ammo Xenderson qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'yishga urindi. Zarba noaniq.
20. "Uotford" to'pni odatdagidan ko'proq o'zida ushlab turibdi va vaqtni cho'zishga harakat qilmoqda. Deulofeu burchak zarbasi ishlab oldi, ammo "qizillar" himoyachilari ishonchli harakat qilib, xavfni o'z darvozalaridan uzoqlashtirishdi.
14. "Liverpul" to'pni burchakdan o'yinga kiritdi. To'p hammadan oldinroq turgan mezbon jamoa futbolchisining boshiga tegib, o'sha yo'nalishda davom etdi, ammo biroz ko'tarilib ketdi. Zarbaga tayyor turgan van Deyk esa to'pni tomosha qilish bilan cheklandi.
12. Trent o'ng qanotdan markazroqqa o'tdi va Salohga pas berdi, ammo "Uotford" himoyachilari uzatmani ilib ketishdi.
9. Roberto Firmino ajoyib harakatlari bilan ikki futbolchi qurshovidan chiqib ketdi. Afsuski, bu harakatlarni so'z bilan tasvirlab bo'lmaydi.
7. Nataniel Klayn, Joel Matip, Fabino va Deyan Lovrenlar jarohat tufayli bugungi bahsda ishtirok eta olishmaydi. Mehmonlar safida ham yo'qotishlar mavjud: Xose Xolebas, Denni Uelbek, Tom Kleverli, Sebastyan Pryodl.
5. Troy Dini hisobni ochishga yaqin keldi, ammo hujumchi to'pning yo'nalishini o'zgartira olmadi.
3. Bahsning dastlabki daqiqalaridan "Liverpul" faol o'ynamoqda.
1. Uchrashuv boshlandi!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar