"Liverpul" Salohni APLning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishi mumkin
05 sen 2021 12:28
Yangiliklar
"Liverpul" Salohni APLning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishi mumkin
"Liverpul" rahbariyati forvard Muhammad Salohni tarkibda olib qolishni istamoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, klub 29 yoshli futbolchi uchun 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilmoqda. SHu orqali futbolchining haftalik maoshi 500 ming funt bo'ladi. SHunday bo'lgan taqdirda u APLning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. Ayni damda u haftasiga 200 ming funt maosh olmoqda.
Ushbu mavsumda Saloh APLda 3 o'yinda qatnashib, 2 gol va 2 assistni hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikrlar