"Liverpul" nima uchun Mourinyuni tanlamaganini aytdi
30 mar 2020 21:39
Yangiliklar


"Liverpul" nima uchun Mourinyuni tanlamaganini aytdi
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager 2004 yilda klub nima sababdan Joze Mourinyuni emas, balki Rafa Benitesni tanlaganini aytdi.
"Joze kabi murabbiy "Liverpul"ni boshqarmasligi odamlarning tasavvurida bor. Balki uning o'zini tutishi sabab shunday bo'lgandir.
Garchi u boshqargan "Portu" ECHLda "Manchester Yunayted"ni "Old Trafford"da turnirdan chiqarib yuborgan bo'lsa-da, Joze "Liverpul" uslubidagi murabbiy emasdi.
Doimo Benites bizning bosh murabbiy bo'ladi deb hisoblaganman. CHunki u o'zini bosib yurishni biladi", - dedi Karrager.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar