"Liverpul", "Man Siti" va "Arsenal" 18 yoshli futbolchiga qiziqmoqda
25 mar 2020 18:00
Yangiliklar


"Liverpul", "Man Siti" va "Arsenal" 18 yoshli futbolchiga qiziqmoqda
Angliya Premer-ligasining bosh jamoalari "SHalke"ning yosh himoyachisi Malik Tiavga qiziqmoqda.
18 yoshli futbolchi uchun "Liverpul", "Manchester Siti" va "Arsenal" klublari raqobat olib bormoqda.
Tiav himoyada o'ynashiga qaramay "SHalke"ning yoshlar jamoasida joriy mavsum 9ta gol urishga erishdi, shuningdek bosh jamoada ham debyut qildi.
APL klublari skautlari shuningdek Gelzenkirxen klubining "Bidvest Uits"dan ijaraga olingan janubiy afrikalik o'yinchisi Bredli Krossni ham kuzatishni rejalashtirishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar