“Liverpul” “Bavariya” futbolchisini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi
27 iyu 2021 20:30
Yangiliklar
“Liverpul” “Bavariya” futbolchisini sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi
Myunxenliklar azosi Kingsli Koman faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Florian Plettenberg.
Manbaga ko'ra, “Liverpul” 25 yoshli francuzga qiziqmoqda va allaqachon uning vakillari bilan muzoralarni boshlagan. Biroq, “Bavariya” Komanni qo'yib yubormoqchi emas va futbolchiga yangi shartnoma taklif etishni rejalashtirmoqda. Kingslining otasi esa o'g'lini APLga yo'l olishini xohlamoqda. Mersisaydliklar futbolchini sotib olishi huquqi bilan ijaraga olish ehtimoli bor.
U 2020/21 yilgi mavsum Bundesligada 29 o'yinda qatnashib, 5+10 natija ko'rsatdi. Kingsli Komanning “qizillar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Hujumkor yarim himoyachining transfer narxi esa 65 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar