“Liverpul” APL rekordini takrorladi
28 avg 2022 08:25
Yangiliklar


“Liverpul” APL rekordini takrorladi
Angliya chempionati 4-turida “Liverpul” o'z maydonida “Bornmut”ni “sharmanda” qildi – 9:0!
Yurgen Klopp shogirdlari Premer-liga erasidagi eng yirik hisobni takrorlashdi. Avvalroq, MYU hamda “Lester” 9 ta to'p farqi bilan yutishga erishgandi:
1995 yil, “Manchester Yunayted” – “Ipsvich” 9:0
2019 yil, “Sautgempton” – “Lester” 0:9
2021 yil, “Manchester Yunayted” – “Sautgempton” 9:0
Angliya yuqori divizionidagi eng yirik hisob esa 1900 yil “Arsenal” tomonidan qayd etilgan. O'shanda to'pchilar “Lafboro”ni 12:0 hisobida taslim etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar