So’nggi yangiliklar

08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  2 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  1 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  4 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  2 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  6 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  3 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  2 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  11 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  7

Livan termasi bosh murabbiyi Miodrag Radulovich: "Barchasi o'z qo'limizda edi. Juda alamli holat" Yangiliklar

Livan termasi bosh murabbiyi Miodrag Radulovich: "Barchasi o'z qo'limizda edi. Juda alamli holat"

Osiyo kubogi-2023 "A" guruh 3-tur doirasidagi Tojikiston - Livan o'yinidan so'ng livanliklar bosh murabbiyi Miodrag Radulovich matbuot anjumanida qatnashdi va alamli mag'lubiyatga izoh berdi.

- O'yin haqida nima deya olasiz?

- O'yin qiyin bo'ldi. Juda alamli. Barchasi o'z qo'limizda edi. Vaziyatni nazorat qilayotgandik, gol ham urgandik. Qizil kartochka barcha rejalarimizni buzib yubordi. 

- VAR orqali aniqlangan qizil kartochka bo'yicha fikringiz qanday? Sizningcha qizil kartochka bormidi?

- Bilmadim. VAR bizni ikki goldan saqlab qolganini ham takidlash joiz. To'g'risi, bir kishi kam bo'lib o'ynash juda qiyin bo'ldi. SHu holatda ham 100% lik vaziyat yaratdik. Mag'lub bo'lishga loyiq emasdik. 

- Qizil kartochkadan so'ng tushunarli, ammo nega bu holatgacha hujum qilmadingiz?

- Kurashlarda men o'yinchilarni boshqara olmayman. O'yinni nazorat qilayotgandik, hammasi bizning qo'limizda edi. Qizildan keyin hammasini boy berdik. SHu holatda ham yuz foizlik vaziyat yaratdik. Qatar va Xitoyga qarshi o'yinda ham shunday bo'lgandi, ammo endi kech. Tojikiston darvozaboni juda ko'p vaziyatlarda qutqardi. Raqibni tabriklayman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика