Lionel Messi: "Real" o'z ishini bajardi. Restartdan keyin birorta o'yinda yutqazmaslik – qoyil"
17 iyu 2020 03:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581832_original.jpg)
![](/upload/storage/581832_220.jpg)
Lionel Messi: "Real" o'z ishini bajardi. Restartdan keyin birorta o'yinda yutqazmaslik – qoyil"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Real"ning Ispaniya chempionatidagi g'alabasi borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Real" o'z ishini qoyilmaqom tarzda uddaladi. Restartdan so'ng birorta ham o'yinda mag'lub bo'lmaslik – qoyil qolmay iloj yo'q ("Real" mavsum restartidan keyin barcha o'yinlarda g'alaba qozondi – Championat.asia). Lekin "Real"ning g'alabasida qaysidir manoda bizning ham ulushimiz bor.
Endi biz katta masshtabda tahlil qilishimiz zarur va bu narsa futbolchilardan boshlanishi shart. Biz – "Barselona" va biz har bir o'yinda g'alaba qozonishimiz zarur", – dedi Leo Messi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar