“Lion” jarima zarbasidan gol urish bo'yicha Top-5 chempionatlarida yetakchi bo'lib turibdi

17 yanv 2019, 07:48
“Lion” klubi kecha Fransiya chempionatining navbatdagi turida “Tuluza”ga qarshi o'yinda 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Uchrashuvning 87-daqiqasida Nabil Fekir jarima zarbasidan gol urib, “Lion”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Bu “Lion”ning joriy mavsumda jarima zarbasidan urilgan 4-goli bo'ldi. Ulardan 2 tasini Fekir yana 2 tasini esa Memfis Depay kiritgan. Bu hozircha Top-5 chempionatlari ichidagi eng yaxshi ko'rsatkich bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta