"Lids" tarixidagi eng yaxshi to'purar vafot edi
21 mar 2021 00:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/626499_original.jpg)
![](/upload/storage/626499_220.jpg)
"Lids" tarixidagi eng yaxshi to'purar vafot edi
"Lids" o'zining rasmiy veb-saytida klub afsonasi Piter Lorimerning o'limi haqida xabar berdi.
SHotlandiyalik 74 yoshda edi. U oxirgi vaqtlarda og'ir kasallik bilan kurashayotgandi.
Lorimer 1963 yildan 1979 yilgacha va 1983-1985 yillarda "Lids" sharafini himoya qilgan. Sobiq yarim himoyachi jamoa bilan ikki marta chempion bo'lgan va boshqa bir qator sovrinlarni qo'lga kiritgan.
Xavbek "Lids" safida 254 ta gol urib, shu kungacha klubning eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar