So’nggi yangiliklar

23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 22:00РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" "Факел" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  819 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1

Liberiya prezidenti va "Oltin to'p" sohibining hayot qoidalari Yangiliklar

Liberiya prezidenti va "Oltin to'p" sohibining hayot qoidalari

Teglar :  Jorj Vea
Insonlarni unvoniga qarab ajratishni yomon ko'radigan, evropalik bo'lmagan ilk "Oltin to'p" sohibi hisoblangan, Afrikaning 3 karra eng yaxshi futbolchisi Jorj Veaning hayot tajribasidan orttirgan fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashamiz.

Liberiyalik taniqli futbolchi Jorj Vea 2003 yilda karerasini yakunlaydi hamda oradan ikki yil o'tgach, o'zi voyaga etgan mamlakat prezidentligi uchun kurashdi. Afrikaning eng yaxshi futbolchilardan biri o'z yurtida mashhurlikka ega bo'lishiga qaramay, saylovda yutqazdi.

Liberiyaning 80% aholisi malumotga ega bo'lmasa-da, ular bazi evropaliklardan farqli o'laroq,  davlatni boshqarishda tajribaga ega emas "yaxshi yigit" o'rniga Garvard iqtisodiyoti bitiruvchisi Ellen Jonson Sirlifga ovoz berishdi. 

Vea senator sifatida tajriba orttirib, siyosatda ham foydasi tegishini isbotladi hamda 2018 yilning 22 yanvarida Liberiyaning 25-prezidenti etib saylandi.

Agar odamlar haqida qayg'ursangiz, ularning hurmatini qozonishingiz mumkin.

Agar nimagadir harakat qilsam, demak muvaffaqiyatga erishaman.

Kollekciyalarim safiga navbatdagi titulni qo'shish uchun prezident bo'lmadim. Ishonamanki, bu lavozimda xalqimga ko'proq nafim tegadi.

Futbol bilan shug'ullana boshlaganimda, "Oltin to'p"ni ham, unvonlarni ham orzu qilmaganman. Men shunchaki futbol o'ynashni xohlardim hamda bazan mizg'ib olishni yoki ovqatlanishni afzal ko'rardim.

O'zi tug'ilib-o'sgan Liberiyada futbol sir-asrorlarini o'rgana boshlagan Vea Kamerunga ko'chib o'tgach, evropalik mutaxassislar etiborini tortdi. O'sha vaqtlarda "Monako"ni boshqarayotgan Arsen Vengerga Kamerun terma jamoasi murabbiyi Klod Le Rua bolakayga etibor berishni maslahat beradi va futbolchi 1988 yilda Monte-Karloga yo'l oladi.

Venger qo'l ostidagi Jorj o'zining barcha qirralarini namoyon qildi hamda 1989 yilda ilk marta Afrikaning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. Vea 3 bor qitaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan, u bilan bir qatorda faqatgina Samuel Eto'O va Yaya Ture turibdi. 

Xudo va Arsen Venger — futbolchilik faoliyatimda eng minnatdor bo'lganlarim

"Monako"ga ko'chib o'tganimdan so'ng, dastlabki 6 oy futbol o'ynamadim va ko'pchilik Evropada men haqimda vaqtini behuda o'tkazyapti deya o'ylay boshladi. Lekin o'zimga ishonardim, o'z ustimda ishladim hamda qachondir mening davrim kelishini bilardim.

Arsen Venger menga ota kabi munosabatda bo'ldi. Irqchilik avjiga chiqqan paytda, Arsen menga insonga bo'lgan mehr-muhabbat nima ekanligini ko'rsatdi.

Men o'zimdan mamnun emasdim, lekin Venger kelib, ko'proq o'z ustimda ishlashim kerakligini aytdi. Bu imkonsizdek tuyuldi, lekin oxir-oqibat Arsen haq bo'lib chiqdi.

"Monako" (149 ta o'yin, 66 ta gol) Veaning Evropadagi karerasi uchun tramplin maydoniga aylandi, lekin oldinda PSJ (148 o'yin, 55 gol) va "Milan" (147 o'yin, 58 gol) jamoalaridagi yorqin davrlar turardi. Qahramonning parvozi "Park de Prens"dan boshlanib, "San-Siro"da nihoyalaydi. U tarixda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan dastlabki Evropa qitasidan bo'lmagan futbolchiga aylandi.

XX oxiri va XXI asr boshlarida Vea "CHelsi" (15 o'yin, 5 gol), "Manchester Siti" (9 o'yin, 4 gol) va "Marsel" libosida (20, 5) maydonga tushdi va futbolchilik faoliyatini "Al Jazira"da yakunladi (8 o'yin, 13 gol).

Har bir kun yakshanba bo'lishi kerak emas. Hayotda dushanba va seshanba kunlari ham bor.

Jorj erisha olmagan yagona narsa — bu terma jamoa bilan yuksak cho'qqiga chiqish edi, lekin bu erda uning aybi yo'q, muammo shundaki, uning jamoasi Dennis Lousi bor SHotlandiya yoki Jorj Best o'ynaydigan SHimoliy Irlandiya kabi dunyoning gigantlari bilan raqobatlasha olmasdi.

Biroq, Veaning o'zi futbolchilik faoliyatidan norozi bo'lishni gunoh deb hisoblaydi. U o'z yutuqlaridan g'ururlanib xotirjam dam olishning o'rniga, o'zi ulg'aygan Liberiyani nafaqat o'zining ulug'vor nomi bilan faxrlanadigan, balki Afrikaning eng marifatli va rivojlangan mamlakatlardan biriga aylantirish uchun hamma qo'lidan kelgan barcha narsani qilmoqda.

Menda jahon chempionatida ishtirok etish imkoni bo'lmadi, lekin faoliyatim davomida erishgan yutuqlarimni hisobga oladigan bo'lsam, nimadandir shikoyat qilish ayb sanaladi.

Men 15 yil futbol cho'qqisida bo'ldim va bu meni xursand qildi. Lekin futbolning menga berganini olib, evaziga biror narsa taqdim etishim kerakligini hech qachon unutmaganman.

SHuni takidlash kerakki, futbol menga mehr bera oldi. Har bir inson maqsadga ega, lekin hamma ham uni amalga oshirish imkoniyatiga ega emas. Menda bu imkon bor edi va ulardan foydalandim.

Menda muvaffaqiyatli karera bor, ko'ngildagidek hayot kechirdim, o'z mehnatim tufayli ko'p narsalarga erishdim. Ammo atrofdagilarning ko'magisiz hech qachon bu darajaga erisha olmasdim.

Men insonga faqat qo'lga kiritilgan unvon va sovrinlar bilangina baho berishni istamayman.



Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика