"Leypcig" himoyachisi PSJga o'tishdan bosh tortdi
02 noy 2022 10:40
Yangiliklar
"Leypcig" himoyachisi Muhammad Simakan PSJga o'tishni xohlamaganini aytdi.
"PSJ meni o'z safiga qo'shib olmoqchi edi, bu haqiqat. Luish Kampush (parijliklar sport direktori – tahr.) agentlarim bilan gaplashdi. Men qolishga qaror qildim, chunki men uchun asosiysi – barqarorlik. Bu qaror "Leypcig" rahbariyati bilan kelishgan holda qabul qilingan", – dedi futbolchi "L'Equipe" nashriga bergan intervyusida.
Oldinroq ""Liverpul" "Leypcig" xavbekini qo'lga kiritmoqchi ekani xabar qilingan edi.
Fikrlar