Levandovski: “Rejamiz ish berdi. SHveciyaga qarshi bahsda favorit emasmiz”
20 iyu 2021 09:21
Yangiliklar
Levandovski: “Rejamiz ish berdi. SHveciyaga qarshi bahsda favorit emasmiz”
Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Evro-2020 turnirida Ispaniyaga (1:1) qarshi bellashuvdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Yaxshi o'yin ko'rsatdik. Himoya va hujumda xatolar ko'zga tashlangan bo'lsada, umumiy qilib olganda Slovakiya bilan bo'lgan o'yinga qaraganda yaxshiroq harakatlandik.
O'ylashimcha, birinchi turda biz chiroyli o'yin ko'rsatib, ko'proq hujumkorlikka etibor qaratgandik. SHu jihatlarga asosiy etiborni qaratib, boshqa tomonlarni unutib qo'ygandik. Ispaniyaga qarshi bahsda ko'proq himoyalanishmiz kerakligini tushunib turgandik va biz bu vazifani amalladik. Rejamiz ish berdi.
SHveciyaga qarshi o'yinda favorit emasmiz. Raqibimiz safida yaxshi futbolchilar bor va judayam og'ir o'yin bo'ladi. Biz doimgidek tayyorgarlik ko'ramiz. Bu jihat Ispaniya bilan o'yinda bizga katta yordam berdi”, dedi Levandovski.
O’xshash yangiliklar
08:43
O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi o'z mamlakatida 2024 yilning eng yaxshisi bo'ldi 0
Fikrlar