"Levandovski Benzemadan kuchliligini ko'rsatmoqchi. "Real" va "Barsa" – bir xil darajadagi jamoalar". Robertning sobiq agenti forvardning "Bavariya"dan ketish xohishi haqida
27 iyu 2022 17:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/707004_original.jpg)
![](/upload/storage/707004_220.jpg)
"Levandovski Benzemadan kuchliligini ko'rsatmoqchi. "Real" va "Barsa" – bir xil darajadagi jamoalar". Robertning sobiq agenti forvardning "Bavariya"dan ketish xohishi haqida
Robert Levandovskining sobiq agenti polyakning "Barselona"ga ketish xohishi haqida gapirdi.
"Barsa" va Levandovski ushbu transfer uchun kurashadi. U baribir "Barsa"ga o'tadi deb o'ylayman. Bu amalga oshishi mumkin deb hisoblayman.
U "Bavariya"ga qo'yib yubormagani uchun bosim o'tkazishi kerak edi. "Bavariya" rahbarlari Levandovskining anchadan buyon Ispaniyada o'ynashni xohlashini bilishadi. U Germaniyada, so'ngra Ispaniyada, yakunda esa faoliyatini AQSHda yakunlashni rejalashtirgan.
Levandovski Benzemadan yaxshiroq ekanligini isbotlamoqchi. Bu "Barsa"ga o'tish uchun sabablardan biridir.
Levandovski hech narsa haqida orzu qilmayapti. Futbol uning uchun – ish va u bunga juda professional tarzda munosabatda bo'ladi. "Real" va "Barsa" – bir xil darajadagi jamoalar", – deydi Cezari Kuxarski.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar