Levandovski "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlashga tayyor
05 okt 2021 09:01
Yangiliklar
Levandovski "Bavariya" bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshlashga tayyor
"Bavariya" forvardi Robert Levandovski o'z kayfiyatini o'zgartirdi va klub bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazishga tayyor.
"Bavariya" rahbariyati ham futbolchining yoshiga qaramasdan, Levandovskining qolishini xohlayapti. Polyak kelasi yozda 34 yoshni qarshi oladi.
Robert Levandovskining "Bavariya" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Hujumchi joriy mavsum 10ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishdi.
Fikrlar